Shomurodovning jamoadoshi APL klubining taklifini rad etdi

  • 28 yanvar, 2023, 07:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma"ning hujumkor yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo "Bornmut"ga o‘tishdan bosh tortdi.

Aynan ingliz jamoasi Roma" talab qilgan 35 million evroni to‘lashga rozi bo‘lgan yagona potentsial xaridor edi, biroq futbolchining agenti taklifni tinglab, muzokaralarni davom ettirmaslikka qaror qildi. Bu haqda "Football Italia" nashri xabar berdi.

Avvalroq, "Milan" bu kelishuvdan bosh tortdi, "Tottenxem" esa rimliklarning talablarini bajara olmasliklari ma’lum bo‘lgandi. 23 yoshli futbolchi jamoadan tezda ketish istagi bo‘lishiga qaramay, mavsum oxirigacha Rim klubida qolishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dzanolo "Transfermarkt" portali tomonidan 30 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!