Shomurodovning jamoadoshi millionlar ortidan Saudiyaga ketdi

  • 24 may, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yakunlangan mavsumda Eldor Shomurodov bilan birga “Kalyari” jamoasi sharafini himoya qilgan Naitan Nandez faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, urugvaylik futbolchi “Al-Qodisiya” klubi bilan uch yillik shartnoma tuzgan.

Kelishuvga ko‘ra, saudiyaliklar tajribali o‘yinchiga har mavsum uchun 10 million evro atrofida maosh to‘laydi.

Nandez Sardiniya klubiga 2019 yili Argentinaning “Boka Xuniors” jamoasidan olib kelingan edi. Besh yil davomida u sardiniyaliklar safida jami 165 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol va sakkizta assist muallifi bo‘ldi.

Naitan Nandezning “Kalyari” bilan shartnomasi tugayotgani bois u “Al-Qodisiya” safiga erkin agent sifatida bepul qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bahrom Yunusov
24/05/2024 19:07
Kuchli tarixi bor klub lekin shu