Shomurodovning Mourin'yo bilan munosabatlari qanday bo‘lgan?
Turkiyaning "Istanbul Boshakshehir" hujumchisi Eldor Shomurodov Kun.uz YouTube kanaliga katta intervyu berdi. Futbolchi suhbat davomida "Roma"da unga murabbiylik qilgan Joze Mourinyo bilan munosabatlari hamda hujumchi Temmi Abraham bilan bo‘lgan raqobat haqida gapirdi.
Mourinyo haqida:
— "Joze Mourinyoning o‘ziga yarasha xarakteri bor. U bilan munosabatlarimiz juda yomon bo‘lmagan. Har doim yaxshi gaplashganmiz. Mourinyo ko‘proq kayfiyatiga qarab gaplashar edi. Ob-havoga o‘xshatsa bo‘ladi, juda tez o‘zgaradigan. Bir kuni yaxshi gaplasha, bir kuni umuman tanib bo‘lmasdi."
Nega Mourinyo Abrahamni Shomurodovdan ustun ko‘rdi?
— "Endi Abraham "Chelsi"dan kelgan. APLda o‘zini ko‘rsatgan, katta jamoada ham o‘ynagan. Shuningdek, uni katta pulga sotib olishgan. O‘sha vaqtda "Roma" Abrahamni olib kelmoqchi va u 90 daqiqa asosiy tarkibda o‘ynashi kerak, degan gaplarni o‘qigan edim. Men ham agar kurashsam, murabbiy baribir imkoniyat beradi, deb o‘ylagandim. Lekin ba'zi paytlarda raqobatlashishdan to‘xtab qolganman", — dedi Shomurodov.

Fikrlar