
Shomurodovning transferi eng qimmatlaridan bo‘ldi!
Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali futbol olamiga oid turli statistik ma’lumotlarni ham e’lon qilib boradi.
Xalqaro tashkilot A Seriyada o‘ynagan osiyolik futbolchilar haqida ma’lumot tayyorladi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning “Jenoa”dan “Roma”ga ko‘chib o‘tgani eng qimmat ikkinchi transfer sifatida qayd etilgan. Ushbu transfer 2021 yilning yozida taniqli murabbiy Joze Mourino tashabbusi bilan amalga oshirilgan edi.
Osiyo futbolchilari orasida eng qimmat transfer sohibi yaponiyalik Xidetoshi Kakata bo‘lgan. “Roma”dan “Parma”ga ko‘chib o‘tgan yapon futbolchisi uchun parmaliklar poytaxtlik g‘aznasiga 28Yu4 million evro o‘tkazib bergan.
Keyingi o‘rinda Eldor Shomurodovning transferini keltirish mumkin. Italiyadagi dastlabki mavsumida “Jenoa” safda 32 ta uchrashuvda sakkizta gol va ikkita assist muallifi bo‘lgan o‘zbek hujumchisining “Roma”ga transferi umumiy hisobda “bo‘rilar”ga 19,5 million evroga tushgan.
Osiyolik futbolchilarning turli davrlarda A Seriyadagi “top-11” transferlari ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
Xidetoshi Nakata, 28,4 million evro, “Roma” -> “Parma”
Eldor Shomurodov, 19,6 million evro , “Jenoa” -> “Roma”
Kim Min Dje, 19 million evro, “Fenerbahche” -> “Napoli”
Sion Suzuki, 7,5 million evro, “Urava Red Daymonds” -> “Sent-Truyden” -> “Parma”
Takexiro Tomiyasu, 7 millionov evro, “Sent-Truyden” -> “Bolonya”
Yuto Nagatomo, 6,5 million evro, “Chezena” -> Inter
Kvan-Son Xan, 3,5 million evro, “Kalyari” -> “Yuventus”
Takayuki Morimoto, 2,5 million evro, “Tokio Verdi” -> “Kataniya”
Ali Adnan, 2,2 million evro, “Chaykur Rizespor” -> “Udineze”
Syunsuke Nakamura, 2 million evro, “Iokogama F.Marinos” -> “Rejina”
Rahmon Rizoiy, 500 ming evro evro, “Istiqlol” -> “Peruja”.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov Evropaning “top-5” chempionatlariga kiruvchi Italiya yuqori divizionida 2020 yilning oktyabridan beri o‘ynamoqda.
Bu davr mobaynida 29 yoshli legionerimiz “Jenoa”, “Roma”, “Spetsiya” va “Kalyari” jamoalari uchun A Seriyada 102 ta uchrashuvda 15 ta gol urgan va jamoadoshlariga 9 ta golli pas uzatgan.
Eldor Shomurodov Evropadagi faoliyati davomida yagona sovrini – UEFA Konferentsiyalar kubogini 2021 yili “Roma” bilan birga qo‘lga kiritgan.
Ayni paytda rimliklar safida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan tajribali hujumchimiz tez orada boshqa klubga o‘tishi kutilmoqda. Shomurodovni olish bo‘yicha A Seriya vakili “Verona” ish bolib boryapti.
Fikrlar