Shon Striklend amaldagi chempionni mag‘lub eta oladimi? Israel Adesanya javob berdi

  • 24 yanvar, 15:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Israel Adesanya ushbu vaznda amaldagi chempion Drikus dyu Plessi va Shon Striklend o‘rtasidagi bo‘lajak revansh uchun o‘z prognozlarini bildirdi.

Tecno

“O‘ylashimcha, bu bahsda Dyu Plessi favorit. Biroq to‘qnashuv ularning birinchi jangidan ancha qiziqarliroq o‘tishiga ishonchim komil. Juda og‘ir kechadigan qarama-qarshilikda janubiy afrikalik g‘alaba qozonadi" — deya Adesanyaning so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie".

Eslatib o‘tamiz, Striklend (29-6) va Drikus (22-2) o‘rtasidagi revansh 8 fevral kuni Avstraliyada, "UFC 312" turnirida o‘tkaziladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!