Shon Striklend Dyu Plessiga nima uchun yutqazdi?

  • 13 fevral, 17:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

O‘rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Shon Striklend "UFC 312" turniriga tayyorgarlik ko‘rishdagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.

“Butun yig‘in kurashlarga boy bo‘ldi. G‘alaba qozona olmaganimning uzrli sabablari bor. 7-8 hafta oldin singan suyagimni davolash uchun Kolumbiyada edim. To‘g‘ri, bu jarohat jang payti menga pand bermadi. Biroq tayyorgarlik davomida butun lager, stafilokok infektsiyasi, singan qo‘l - barchasi menga qarshi kurash olib bordi” - dedi amerikalik ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Striklend oxirgi jangida hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra dyu Plessidan mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!