Shon Striklend: "Isroilni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatganimdan beri Ariel Xelvani birinchi raqamli dushmanimga aylandi!"

  • 13.10.2026 14:47
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli sport insayderi Ariel Helvani o‘rta vaznda amaldagi UFC chempioni Shon Striklendning shartnomasi bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.

"Striklendni kam maosh olayotganidan xafa bo‘lgani uchun aslo ayblamayman. Menimcha, barcha jangchilarga ko‘proq to‘lash kerak, lekin oxir-oqibat u baribir UFC bilan bitimni imzoladi.

Shuning uchun ham bu yerda unga achinadiganlar kam. Shon, sen yana shartlarga rozi bo‘lding, imzo chekding. Bilamiz, butun kuch UFC da. Endi sen shartnomani qayta ko‘rib chiqishni talab qila olmaysan. Bitta g‘alabadan keyin ham keta olmaysan!" - dedi Helvani.

Bunga esa Shon Striklend quyidagicha javob berdi:

"Jin ursin, Ariel’dan nafratlanaman. Isroilni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatganimdan beri u mening birinchi raqamli dushmanimga aylandi...

Helvani, sen internetdagi eng noxolis insonsan. 

Arielga duch kelsang, uning zuluk ekanini tushunasang. Dana buni birinchi kundayoq aytgan edi", - dedi amerikalik MMA ustasi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!