Shota Arveladze: Albatta, terma jamoa ham tayyorgarlik ko‘rishi kerak, lekin...
Xabaringiz bor, OFK terma jamoalarning bu yilgi rasmiy uchrashuvlarini 2021 yilga qoldirdi. Ammo FIFA kunlari saqlanib qoldi. Mavsumning katta qismi karantin tufayli o‘tib ketganini inobatga olsak, FIFA kunlarida ham Superliga uchrashuvlarining o‘tkazilishi qanchalik to‘g‘ri? SPORTS.uz bu borada Superliga klublari bosh murabbiylarining fikrlarini bilishga qiziqdi.
Shota Arveladze – “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi:
- Murabbiylar bilan kelishib taqvim tuzish va FIFA kunlarini to‘g‘rilab chiqish kerak. Albatta, terma jamoa ham tayyorgarlik ko‘rishi kerak, lekin chempionatga ham taqvim bo‘yicha yordam berib, o‘yin kunlari sonini ko‘paytirish lozim. Bu futbolchilarga jismonan tiklanish va bu vaqtni jarohatlarsiz o‘tkazishga yordam beradi.

Fikrlar