Shota Arveladze: O‘yindan keyin Derdiyok bilan gaplashib oldim
Osiyo Chempionlar ligasining 5-turida Toshkentning "Paxtakor" klubi BAAning "Shabab Al-Ahli" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Bellashuvdan keyingi matbuot anjumanida "sherlar" ustozi Shota Arveladze bahs haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘ylashimcha, bugun juda yaxshi o‘ynadik. Ha, gol ura olmadik, lekin umuman oladigan bo‘lsak, ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Afsuski, o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Oxirgi 20 daqiqada gol urishimiz mumkin edi, bu futbol, bu Chempionlar Ligasi, bu erda gol urish shart. Ortda qolgan 3 o‘yinda 8ta yaqqol golli vaziyat yaratdik, buni davom ettirishimiz va gol urishimiz kerak.
Agar siz gol urmasangiz, unda g‘alaba qozonolmaysiz. Bu to‘g‘rida oldin ham aytganman. Agar bahsni yutishni istasangiz raqibdan ko‘ra ko‘proq gol urishingiz kerak.
Albatta, dastlabki ikki o‘yin jismoniy holatga ta’sir qiladi, ruhiy muammolar kelib chiqadi. Bizda gol urish uchun imkoniyatlar etarli bo‘ldi. Bu futbol, bu erda sening zarbalaringni to‘sishi yoki qaytarishi mumkin bo‘lgan darvozabon va himoyachilar bor. Hamisha senga xalal beradigan kimdir topiladi. Yaqin masofadan zarbalar berish imkoni ham bo‘ldi, bu noaniq zarbalardan ko‘ra yaxshiroq. Bunday qisqa vaqtda o‘tadigan bahslarda muhim rol o‘ynaydigan jismoniy holatni ham qayd etib o‘tish mumkin. Muammolarni bilamiz va ularni to‘g‘rilash ustida ishlaymiz.
O‘yindan keyin Derdiyok bilan bir vaziyat haqida gaplashdik. Bir holatda chap qanotdan erlatib pas uzatildi va u o‘sha to‘pga tashlanmadi. Men Erenga shunday dedim: "Kimdir to‘pga intilishi kerak, kimdir yugurishi va to‘pga teginib qo‘yishi va gol urishi kerak". Albatta, buni uning o‘zi ham biladi.
Biz guruhdan chiqish uchun keyingi, so‘ng esa undan keyingi o‘yinlarni yutishga harakat qilamiz.



Fikrlar