Shu futbolchini tezroq yo‘qotmasak bo‘lmaydi!

  • 22.07.2026 10:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Prmyer-ligasining eng badavlat klublaridan hisoblangan “Chelsi” rahbariyati damoa tarkibida jiddiy oʻzgarishlar qilmoqchi.

“Chelsi” mutasaddilari yozgi transferlar oynasi yakunigacha hujumchi Mark Giuni  jamoadan ketkazishni rejalashtirgan.

Oʻtgan mavsum Giu ijarada asosida “Sanderlend”da oʻynashi kerak edi, ammo “qora mushuklar” safida atigi uchta oʻyinda qatnashgach, “Chelsi” uni muddatidan avval ortga chaqirib oldi.

Shunga qaramay, Giuning jamoadagi roli deyarli yoʻq. 20 yoshli ispaniyalik oʻyinchi Angliya Premier-ligasida sakkizta oʻyinda ishtirok etdi va ulardan faqat bittasida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Mark Giu “Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonsoning rejalariга kirmaydi. BBC maʼlum qilishicha, futbolchi bu yozda yo sotiladi, yoki yana ijaraga beriladi.

Giuга qiziqish bildirgan klublardan biriga uning narxi 25 million funt sterling deb aytilgan. “Chelsi” mutasaddilari jamoaga kerak boʻlmay qolgan boshqa hujumchi –  Nikolas Jekson uchun esa bundan ikki baravar koʻproq mablagʻ talab qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!