
Shukurov assist qayd etgan bahsda "Sharja" yirik hisobda g‘alaba qozonib, 2-o‘ringa ko‘tarildi
BAA chempionati 24-turi doirasidagi "Baniyas" - "Sharja" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 4:0 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Luanzino 4-daqiqada hisobni ochdi, Otabek Shukurovdan assist. Kayo dubl qayd etib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirgan bo‘lsa, Solih Salim o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi. Bahsni asosiy tarkibda boshlagan legionerimiz to‘liq harakat qildi.
Ushbu g‘alaba natijasida sharjaliklar ochkolari sonini 51 taga etkazib olgan holda, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar