Shukurov haqida fikrimiz o‘zgardi...

  • 9 avgust, 2022, 17:01
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Negadir, Otabek Shukurov deganda hayolimga birinchi bo‘lib eng katta orzusiga eta olmagan inson kelardi. Yodimda bor, u bilan intervyu uyushtirgach, kameralar o‘chganidan keyin ancha suhbatlashib o‘tirganmiz. Aynan Evropaga ketmagani haqida fikr bildirganida, ich-ichidan ezilib so‘zlgan edi. Men ham bu suhbatga qadar uni BAAdagi katta pullarni ko‘zi qiymagani uchun "ko‘hna qit’a"ga ketmagan deb hisoblardim. Intervyudan so‘ng fikrim o‘zgardi...

Darhaqiqat, ba’zan hayotimizning ayrim qismlarida tanlov o‘zimizda bo‘lmaydi. Shukurov "rul" o‘zida bo‘lishini sabr bilan kutdi va birinchi imkon paydo bo‘lishi bilan Evropaga yo‘l oldi.

Qoyil qolish kerak, bu orzu armonga aylanib qolmadi. Arablarning millionlari o‘rtaga tikilganiga qaramay, Shukurov xorijda to‘p tepishni afzal ko‘rdi. Ayrim yosh futbolchilarimiz uchun o‘rnak bo‘ladigan voqea. Yaqinda, xorijlik bir agent bilan suhbatlashib qolgan edik. U menga yurtimizda bo‘lgan U23 Osiyo Kubogida porlagan bir futbolchimiz qilgan ishni aytib berganida, hayron qoldim. Keling, uning ismi sir bo‘lib qolsin. Xullas, o‘sha futbolchi bilan Evropaning bir nechta (Chexiya, Vengriya, Polsha..) asosiy ligasida to‘p tepuvchi klublardan takliflar kelib tushgan. Qahramonimiz ochiqchasiga ularning barchasini rad etadi va karerasi orqali ko‘proq pul topmoqchi ekanligini dangal aytadi. Bir qarashda, bu uning tanlovi, hech qanday gap-so‘z yo‘q, ammo nahotki hozirgi yosh futbolchilarimizda orzu, yangi daraja, kuchlilar ichida bo‘lishga intilish qolmagan deb o‘ylab qoldim. Bugun Otabek Turkiya birinchiligida debyut qilgan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi. U ham o‘z ismini futbolimiz tarixiga katta harflar bilan yozib qo‘ydi. Mayli, bu kuchli beshlik bo‘lmasin, ammo asosiysi intilish besamar ketgani yo‘q.

Shukur

Otabekda BAAda qolib, bemalol millionlarni uyga jo‘natish imkoni bor edi. Hatto, ketayotganida qo‘liga qog‘oz berib, istalgan summasini yozishi mumkinligini aytishgan. Bunday paytda, kamdan kam insongina fikrida mustahkam turishi mumkin. Shukurov buni uddalay oldi. Birinchi navbatda, u o‘z-o‘zini engdi. To‘g‘ri, yangi mamlakat, yangi iqlim, yangi insonlar. U "Sharja"dagi kabi hammaga asosiy futbolchi ekanligini isbotlashi uchun barchasini noldan boshlashiga to‘g‘ri keladi. Bu safar avvalgisidan qiyin bo‘lishiga qaramay, Shukurov buni uddalashiga ishonchim komil.

Turkiya chempionati Evropaning top-10ligidan muqim o‘rin egallagan. Muxlislar armiyasi, turnirdagi intriga, mashxur nomlarning ko‘pligi va yuqori darajadagi temp. Otabek endigina 26 yoshda. Yaxshi karera qilish uchun hali hech narsa boy berilgani yo‘q. Asosiysi, birinchi qadam tashlandi. Jamoaning imkoniyatlari yomon emas. To‘g‘ri, chempionlik uchun kurashadi, deb bo‘lmaydi, biroq Andre Pirlo qo‘l ostida yangi darajaga ko‘tarilishi aniq.

okr2okr23ork

Vatandoshimiz futbol to‘liqligicha biznesga aylanmaganini isbotlabgina qolmay, undagi qadriyatlar hali o‘lmaganini ko‘rsatib berdi. Uning Turkiya Superligasidagi o‘yinlarini muntazam kuzatib borishingizni tavsiya qilaman. Sababi, Shukurov bu imkoniyatni 10 yil kutgan va uning har bir soniyasidan foydalanishga urinishi aniq.

Yahyoxo‘ja ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
09/08/2022 18:57
Отабекка омад тилаймиз! У бемалол уддалайди! УФА даги рахбарлар бироз уйлаб куришса яхши булар эди. Куплаб иктидорли ёшларимиз рахбарларимизни виждонсизлиги туфайли хор булмокда.
Ал-химик
09/08/2022 20:45
Ёш футболчилар пулни танлаяптимиш, уйида ота онасига ёрдам қилишни ўйлаётгандир сен қаердан билардик дер эдим ёнингда бўлганисда. Пулсиз больницага боргин итмисан эшшакмисан демейди. Бошқаларни фикрини ҳурмат қил бўтам