
Shukurov harakat qilayotgan "Sharja" Prezident kubogidan yirik mag‘lubiyat bilan chiqib ketdi
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti kubogining yarim finalidan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuv yakunlandi. Unda "Sharja" va "Al-Nasr" klublari o‘zaro bellashdi.
O‘yin mehmonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollarga Toze, Abed va Tagliaube mualliflik qildi.
Otabek Shukurov ushbu bahsda 90 daqiqa to‘liq harakat qildi.
Fikrlar