
Shukurov to‘liq o‘ynagan uchrashuvda jamoasi durang o‘ynadi
Birlashgan Arab Amirliklari Pro liga kubogi doirasida hamyurtimiz Otabek Shukurov to‘p tepayotgan "Sharja" jamoasi "Al-Uroba"ga qarshi maydonga chiqdi. Mazkur o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi.
36-daqiqada "Sharja" futbolchisi Kayu hisobni ochgan bo‘lsa, Atassi asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarning birinchisida muvozanatni tikladi.
Qayd etish lozim, legionerimiz ushbu o‘yinda to‘liq harakat qildi.
Fikrlar