
Shupo-Moting bu kunni 6 yil kutdi
Kecha Lissabonda bo‘lib o‘tgan “Atalanta” – PSJ (1:2) uchrashuvidan so‘ng Chempionlar ligasining dastlabki yarim finalchisi nomi aniq bo‘ldi.
Bu oqshom «Eshtadiu da Lush» stadionida kechgan bahsning so‘nggi daqiqasida to‘p kiritgan va jamoasiga g‘alaba keltirgan Erik-Maksim Shupo-Moting uchun tarixiy bo‘ldi. Boisi, 31 yoshli kamerunlik futbolchi 6 yillik tanaffusdan so‘ng, yana EChLda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shupo-Moting so‘nggi marta 2014 yil “Shalke” safida Chempionlar ligasida darvozani aniq nishonga olgan edi.
Fikrlar