
Shveytsariyada akademik eshkak eshish bo‘yicha Jahon chempionati boshlandi
Bugun Shveytsariyaning Lyutsern shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi so‘nggi musobaqa start oladi. Jahon miqyosida tashkil etiladigan mazkur startda O‘zbekistom terma jamoasi a’zolari ham qatnashadi.
Terma jamoa murabbiylar shtabining qaroriga ko‘ra, 21 mayga qadar davom etadigan ushbu turnirda quyidagi sportchilarimiz ishtirok etishadi:
M1x: Mehroj Mamatqulov
LW2x: Luiza Islomova / Malika Tagmatova
M4-: Alisher Turdiev, Davrjon Davronov, Dilshod Xudoyberdiev, Fazliddin Karimov
Ma’lumot uchun, hozirgi paytgacha O‘zbekiston delegatsiyasi akademik eshkak eshish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga 2 talitsenziya qo‘lga kiritgan. Jumladan, LM2X yo‘naligida Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliev, W1X yo‘nalishida Anna Prakaten to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasiga litsenziyani naqd qilgan.
Fikrlar