
Silva: "Qarorim aniq, lekin hozir bu haqida gapirish vaqti emas"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva shartnomasi mavsum oxirida yakunlanishiga oid savolga javob berdi.
"Men aniq nima qilishimni bilaman, lekin hozir bu haqida gapirish vaqti emas.
Jamoani o‘z o‘rniga qaytarish uchun bor kuchimni bermoqchiman. Bizda ko‘plab sardorlar ketdi, endi esa yoshlarga tajribamizni berish vaqti keldi", – dedi 31 yoshli futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi "Siti" safida 2017/18 yilgi mavsumdan beri to‘p suradi.
Fikrlar