Simeone: "Arbeloa jamoada kuchli muhit yarata oldi"

  • 22.03.2026 02:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Diego Simeone "Real"ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan Alvaro Arbeloa faoliyatiga baho berdi.

22 mart kuni bo‘lib o‘tadigan La Liga doirasidagi Madrid derbisi oldidan "Atletiko" bosh murabbiyi raqib jamoa ustozini maqtadi.

"Alvaro juda yaxshi ishlayapti, natijalar buni ko‘rsatib turibdi. U bilan futbolchilar o‘rtasida kuchli birlik hissi bor. Ularning fikrlash tarzi o‘xshash — o‘yinchilar murabbiy talablarini to‘liq qabul qilgan.

Jamoa juda yaxshi o‘ynamoqda, bu ayniqsa "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda yaqqol ko‘rindi. Ular shu ruhda davom etadi va har doimgidek barcha musobaqalarda g‘alaba uchun kurashadi", — dedi Simeone.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!