
Simeone: "Futbolda qasos yo‘q, ammo kubokda bugungidan farq qiladigan o‘yin bo‘ladi!"
Bugun tunda bo‘lib o‘tgan Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Real" - "Atletiko" bahsi "qaymoqranglilar"ning 5:3 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Bellashuvdan so‘ng "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Futbolchilarimga ajoyib o‘yin o‘tkazishganini, g‘alabaga yaqin kelganimizni va bu mag‘lubiyatdan saboq olishimiz kerakligini aytdim. Himoyada muammolarimiz borligi ko‘rinib qoldi.
Futbolda qasos degan narsa yo‘q. Ammo kubok o‘yinida bugungidan sezilarli darajada farq qiladigan uchrashuv bo‘lishini ayta olaman.
Raqibga yaxshigina qarshilik ko‘rsatdik, yigitlar g‘alaba uchun borini berdi. Ammo omad bizdan yuz o‘girdi", - dedi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar