
Simeone muhim bir futbolchining kelajagiga oydinlik kiritdi
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa yarim himoyachisi Rodrigo De Paulning kelajagi haqida fikr bildirdi:
"Uning shartnomasidan bir yil qoldi. U hozircha jamoada qoladi va keyin ikkala tomon uchun ham eng yaxshi qaror qabul qilinadi. Statistika o‘z-o‘zidan guvohlik beradi. U o‘z liderlik xususiyatlari orqali jamoa uchun muhim futbolchi" — deya ta’rif berib o‘tdi argentinalik mutaxassis.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mavsum argentinalik futbolchi uchun "Atletiko"dagi eng yaxshi mavsum bo‘lgan. 31 yoshli De Paul joriy mavsumda barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar