
Simona Xalep: Finalda Amerika ochish niyatim yo‘q
Ruminiyalik Simona Xalep “Australian Open – 2018” turnirining finaliga chiqqani va daniyalik Karolin Voznyatskiga qarshi uchrashuv haqida gapirdi.
"Men o‘zimga ishonaman. Charchadim, lekin g‘alabadan xursandman. Bosqichning ahamiyati yo‘q. Men yana bir o‘yinda g‘alaba qozondim va bu yaxshi, albatta. Kerberga qarshi tajovuzkor o‘yin ko‘rsatishim kerakligini bilar edim va o‘yinni tezroq tugatishim zarur edi. Men o‘yin davomida nimalar o‘ylaganimni eslay olmayman, lekin, hisob hayolimga umuman kelmadi. Biroq o‘yinni boy berdim degan fikrlardan boshimni chalg‘ita olmadim.
Final uchrashuvi haqida gapirib o‘tsam. Unda men hozir qanday o‘ynagan bo‘lsam, shunday o‘yin ko‘rsataman. Voznyatski bilan biz uchrashganmiz va undan nimalar kutishni yaxshi bilaman", deydi Simona.
Fikrlar