Simona Xalep kim to‘xtatadi

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Simona Xalep “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” turnirida bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun dadil odimlamoqda.

Simona musobaqaning ikkinchi davrasida kanadalik Ejeni Busharga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvning har ikkala setida rumin go‘zali 6:2 hisobida zafar quchdi.

Endi Simona Xalep “Australian Open – 2018” turnirining navbatdagi bosqichida amerikalik Loren Devisga qarshi bahs olib boradi.

Simona Halep

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!