Simona Xalep qiyin g‘alabaga erishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ruminiyalik Simona Xalep Toronto shahrida ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Premera" turkumidagi musobaqani g‘alaba bilan boshladi.

Simona turnirning ikkinchi bosqichida amerikalik Jennifer Bredi bilan kuch sinashdi. Dastlabki setda 4:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan Xalep, qolgan setlarda 7:5, 7:6 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa "Rogers Cup"ning uchinchi davrasida S.Xalep rossiyalik Svetlana Kuznetsova, yoki xorvatiyalik Donna Vekichga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!