Simona Xalepni ruhlantirgan kim?

Ruminiyalik tennischi Simona Xalep kim uni ruhlantirgani va tennis bilan shug‘ullanishiga yordam bergani haqida gapirib o‘tdi.

 “Akam meni sportga etaklagan birinchi odam. Gap shundakiy, u mendan oldin tennis bilan shug‘ullangan. Va albatta, otajonim, ular meni doimo kortga olib kelardi. O‘sha paytda mening bo‘yim kortdagi to‘rga ham etmas edi.”, deydi Simona Xalep.

Ma’lumot uchun: Simona tennis bilan to‘rt yoshidan beri shug‘ullanib keladi. U  2005 yildan yoshlar o‘rtasidagi turli turnirlarda ishtirok eta boshlaydi. 2006 yili u kattalar o‘rtasidagi musobaqalarda ham qatnashadi. Bunga Buxarest shahrida o‘tkazilgan kichik ikki turnirda ishtirok etgani misol bo‘la oladi. 2008 yilga kelib Simona yoshlar o‘rtasidagi Rolan Garros turnirida g‘olib chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!