Sindarovdan engilgan Magnus Karlsen Freestyle Chess Grand Slam Tour musobaqasida muddatidan oldin g‘olib bo‘ldi!

  • 10.12.2025 13:02
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Shaxmat

Freestyle Chess Grand Slam Tour'ning final bosqichi endigina boshlangan bo‘lsa-da, umumiy g‘olib allaqachon ma’lum — u Magnus Karlsen.

Chorak finalda Karlsen Fabiano Karuana bilan to‘qnash keldi. Faqat Karuana nazariy jihatdan Karlsenning umumiy g‘alabasiga to‘sqinlik qilishi mumkin edi. U birinchi o‘yinda qora donalar bilan g‘alaba qozondi, ammo keyingi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Tay-breykda esa Karlsen yana ikki bor yutib, chorak finaldayoq raqiblaridan umumiy hisobda uzoq oldinga o‘tdi. Shu tariqa Magnus yarim finalga chiqqan paytning o‘zidayoq butun seriya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Yarim final juftliklari quyidagicha:

Magnus Karlsen — Javohir Sindarov
Vinsent Keymer — Levon Aronyan

Ma’lumot uchun, Sindarov 1-turda Karlsenni mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!