
Sirlar ochilmoqda. “Chelsi” futbolchilari “Real”ni orzu qilar ekan
Ayni paytda “Real” jamoasida to‘p surayotgan hujumchi Eden Azar va darvozabon Tibo Kurtua “Chelsi” tarkibida o‘ynab yurgandayoq Madridga ko‘chib o‘tishni orzu qilgan ekan.
Bu haqda Tibo Kurtua aytdi.
- “Chelsi”ning kiyim almashtirish xonasida o‘tirib, Azar bilan “Real” haqida gaplashardik. Buni muhokama qilish yoqimli edi. Endi biz “Real” bilan sovrinlarni yutishni istaymiz, - deydi Kurtua.
Joriy mavsumda Kurtua madridliklar darvozasini 24 ta uchrashuvda qo‘riqladi. Azar esa 10 ta o‘yinda bitta gol urdi.
Fikrlar