
"Siti" De Bryuyneni shu yozda qo‘yib yuborishga qarshi emas!
"Manchester Siti" yarim himoyachi Kevin De Bryuyneni qo‘yib yuborishga qarshi emas. Ayni damda unga Saudiya klublari qiziqish bildirmoqda.
Rudi Galettining so‘zlariga ko‘ra, De Bryuyne yozgi transferlar oynasi vaqtida "Al Ittihod" bilan og‘zagi kelishuvga ega bo‘ldi. Saudiya klubi belgiyalik futbolchi bilan kelishish uchun o‘z delegatsiyasini yubordi, ammo hali "Manchester Siti" bilan muzokaralarni boshlamagan.
"Shaharliklar" ushbu yozda De Bryuyneni qo‘yib yuborishga tayyor, agar ular maqbul taklif bo‘lsa, belgiyalik uchun qanday baho berishlari hozircha noma’lum. 33 yoshli futbolchining "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. shuni hisobga olib, Premer liga chempionlari undan kattagina foyda ko‘rishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Kevin De Bryuyne "Manchester Siti"ga 2015 yilda kelib qo‘shilgan va u klub bilan bir qancha muvaffaqiyatlarga erishdi. Ular orasida 6 karra Premer liga chempioni, besh marta Liga Kubogi, ikki marta Angliya Kubogi va bir marta Chempionlar ligasi, FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va UEFA Super Kubogi sohibiga aylandi.
Ayni damga kelib, yarim himoyachi uchun eng asosiy da’vogar "Al Itttihod" klubi bo‘lib turibdi. Kevin 2023/24 yilgi mavsumda umumiy 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar