
"Siti" himoyachisi uzoq muddatga safdan chiqdi
"Manchester Siti" himoyachisi Manuel Akanji "Real"ga qarshi bahsda jarohat olib, ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiraga olingandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shvetsiyalik futbolchi mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin. Ta’kidlanishicha, uning jarohati ancha jiddiy bo‘lib chiqqan.
Akanji joriy mavsum "shaharliklar" safida 30 o‘yinda ishtirok etgan. Uning "Transfermarkt" portalidagi bahosi 40 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar