“Siti” ikkinchi jamoani APLdan chiqarib yubordi

  • 23.04.2026 08:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasining 34-turidan o‘rin olgan “Börnli” va “Manchetеr Siti” uchrashuvi har ikki jamoa uchun ham juda ta’sirli bo‘ldi.

Safarda o‘ynaganiga qaramay, Erling Holandning yagona goli evaziga g‘alaba qozongan “shaharliklar” o‘tgan yilning avgust oyidan beri ilk bor musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Bu o‘yin natijasi “Börnli” uchun og‘ir bo‘ldi. O‘z maydonida yutqazgan jamoa Premier-ligada qolish imkoniyatini yo‘qotdi.

Qolgan uchrashuvlarning barchasida g‘alaba qozongan taqdirda ham “Börnli” quyi ligaga ravona bo‘ladi. Bundan avval “Vulverxempton” ham elita divizionda qolish imkoniyatidan ayrilgan edi.

Hozircha uchinchi tushib ketadigan jamoa noma’lum. Quyi ligaga yo‘l ochadigan 18-o‘rinda “Tottenxem” joylashgan va “shporlar”ning Premier-ligadan chiqib ketishi mavsumning eng katta sensatsiyasi  bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!