“Siti” kelajak uchun ikkita universal o‘yinchi oldi

  • 07.09.2025 08:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” kelajak uchun ikki nafar 16 yoshli o‘yinchini jamoaga qo‘shib oldi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar tarqatdi.

Manchesterliklar “Tottenxem”dan Dekster Oliver va “Aston Villa”dan Freddi Lorini oldi.

Dekster Oliver markaziy yarim himoyachi va hujumkor futbolchi pozitsiyalarida o‘ynaydi. Ekspertlar uning texnikasini yuqori baholamoqda.

Freddi Lorining asosiy ampulasi markaziy himoyachi. Shunga qaramay, bu iqtidor egasi yarim himoyada ham ishonchli harakat qila oladi.

“Manchester Siti” tizimidagi murabbiylar bu futbolchilarni yaqin kelajakda mahoratli o‘yinchilarga aylantirishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!