“Siti” raqibi “Arsenal” ololmagan vunderkindni ilib ketmoqchi

  • 13.07.2026 09:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jurnalist Ben Jeykobsnig ma'lum qilishicha, “Manchester Siti” klubi quyi liga vakili “Lester”ning 16 yoshli iqtidorli vingeri Jeremi Mongani qo'lga kiritishga juda yaqin.

Avvalroq, bu vunderkind uchun kurashda “Arsenal” asosiy favorit hisoblanardi. Biroq, londonliklar yosh futbolchi transferi bo'yicha “Lester” bilan kelisha olmadi.

Jeremi Monganing o'zi esa, faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishni tanladi va bu klub taklifiga rozilik berdi.

Endi “shaharliklar” transferni oxiriga yetkazish uchun “Lester” klubi rahbariyati bilan hamkorlikning oxirgi tafsilotlarini kelishib olishi qoldi xolos.

Transfer bahosi 10 million funt sterlingdan (taxminan 12 million yevro) ortiq bo'lishi kutilmoqda.

O'tgan mavsum yakuniga ko'ra “Lester” klubi Chempionshipdan ham quyi ligaga tushib ketgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!