“Siti” va 1/8 finalning barcha ishtirokchilari
Evropa Chempionlar ligasining sakkiz turdan iborat umumiy bosqichi yakunlanib, musobaqaning 1/8 finaliga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olgan va o‘tish o‘yinlaridan qutilib qolgan sakkiz jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.
Evropaning eng nufuzli musobaqasi 1/8 finaliga yo‘llanmani quyidagi jamoalar qo‘lga kiritdi:
“Arsenal», «Bavariya», «Liverpul», «Tottenxem», «Barselona», «Chelsi», «Sporting» va «Manchester Siti».
Sanab o‘tilgan barcha jamoalar pley-offdagi raqiblarini kutadi, ular pley-off oldi saralash o‘yinlaridan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Ushbu bosqichda Chempionlar ligasi umumiy bosqichi yakunlariga ko‘ra 9-o‘rindan 24-o‘ringacha joy olgan jamoalar ishtirok etadi.
Musobaqa jadvalining 25-pog‘onasi va undan past o‘rinlarni egallagan 12 ta jamoa Evropa Chempionlar ligasidagi ishtirokini yakunladi.

Fikrlar