
“Siti” xo‘jayinlari: Pep agar shu ish bajarilmasa, joyingni bo‘shatasan!
“Manchester Siti”ni o‘n yilga yaqin vaqtdan beri boshqarib kelayotgan Xosep Gvardiolaning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Biroq, ispaniyalik mutaxassis o‘z lavozimida bu muddatgacha qolmasligi mumkin.
Don Balon nashrining yozishicha, klub rahbariyati Xosep Gvardiolaning bosh murabbiy sifatida kelajagi bo‘yicha aniq reja ishlab chiqdi. Mutasaddilar Gvardiolaga klub talabini etkazishga ham ulgurdi.
Unga ko‘ra, Pep Evropa Chempionlar ligasida jamoaning muvaffaqiyatli ishtirok etishini tam’minlay olmasa, o‘rnini bo‘shatishiga to‘g‘ri keladi.
“Manchester Siti”ning xalqaro turnirda chorak finalga chiqishi minimum vazifasi sifatida belgilandi. Agar “shaharliklar” bu talabni bajara olmasa, bosh murabbiy almashadi.
Fikrlar