“Siti” Xolandni ko‘ndirish uchun qancha to‘lagani oshkor bo‘ldi

  • 11.05.2022 19:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” norvegiyalik to‘purar Erling Xolandni klubga ko‘chib o‘tishini e’lon qildi.

Britaniyaning mashhur The Telegraph nashri “shaharliklar” supertransfer uchun qancha sarflashini aniqladi.

Manbaning ta’kidlashicha, manchesterliklar 21 yoshli hujumchining transferiga jami 250 million evro xarajat qiladi. Shunday 75 million evro badal puli sifatida “Borussiya” hisob-raqamiga o‘tkaziladi.

Xolandning agenti va oilasiga 50 million evro beriladi. Futbolchining o‘zi 125 million evro oladi. Bu summa ichida o‘yinchining besh yillik shartnomasi bo‘yicha to‘lanadigan maosh va shartnoma imzolagani uchun bonus bor.

Xoland 1 iyul kuni yangi jamoasiga ko‘chib o‘tishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!