“Siti” yulduziga qudratli xaridor chiqdi, ushlab qolish qiyin bo‘ladi

  • 01.04.2026 08:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliganing eng qudratli klubi “Bavariya” rahbariyati jamoa tarkibini sezilarli darajada kuchaytirish maqsadida “Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Fil Fodenga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Myunxen klubi allaqachon futbolchining vakillari bilan bog‘langan.

Shu bilan birga, “Manchester Siti” Foddenni o‘z tarkibida olib qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.

Hozirda ingliz klubi rahbariyati Foden bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni faollashtirgan.

“Manchester Siti” xo‘jayinlari “Bavariya”ning futbolchiga bildirayotgan qiziqishidan xabardor va futbolchini yangi shartnoma imzolashga ko‘ndirish orqali muammolardan qochmoqchi.

Foden Manchesterda qolishga qarshi emas, biroq u amaldagi shartnomasiga nisbatan yaxshiroq shartlarni talab qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” rahbariyati futbolchini jamoada saqlab qolish uchun ehtimol unga yon beradi.

Fil Foden “Manchester Siti” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, u 2017 yilda klub yoshlar jamoasidan asosiy tarkibga o‘tgan.

Joriy mavsumda u “shaharliklar” safida 41 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Uning shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi, bozor qiymati esa Transfermarkt bahosiga ko‘ra 80 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!