
“Siti” yulduzining narxini aytdi
“Manchester Siti” rahbariyati “Barselona” qiziqayotgan yarim himoyachi Ferran Torresning transfer summasini ma’lum qildi. Ispaniyalik futbolchini qishda sotib olmoqchi bo‘lgan jamoalar, xususan, “Barselona” g‘aznachilari 60 million evro tayyorlab qo‘yishi kerak bo‘ladi.
Manbalarning xabar berishicha, Kataloniya klubi bu summani to‘lashga qodir emas. Ular “shaharliklar”ni Ispaniya terma jamoasi vakilini 45 million evroga qo‘yib yuborishga ko‘ndirmoqchi.
21 yoshli yarim himoyachining o‘zi “Barselona”da o‘ynash uchun maoshining pasaytirilishiga ham rozilik berdi.
Torres Xosep Gvardiola jamoasida asosiy tarkibga kirishga qiynalmoqda va vaqtini zaxirada o‘tkazmoqchi emas. U joriy mavsumda barcha turnirlarda etti bor maydonga tushib, uchta gol va bitta assistni amalga oshirgan bo‘lsa-da, bu ko‘rsatkich uning asosiy tarkibga kirishiga kamlik qilmoqda.
Fikrlar