"Siti"da gol uradigan futbolchi qolmayapti
O‘tgan mavsumning oxirida tizzasidagi jarohati tufayli “Manchester Siti”ga yordam bera olmagan Serxio Aguero hali safga qaytmay turib, Gvardiola yana bir asosiy hujumchisi Gabriel Jezusdan ham ayrildi.
Braziliyalik futbolchi Angliya premer-ligasining “Vulverxempton”ga qarshi uchrashuvida shikastlangan edi. Endi bu jarohat jiddiy bo‘lib chiqdi va hujumchi kamida bir oy maydonga tusha olmaydi.
Braziliya terma jamoasiam2022 yilgi jahon chempionati saralash turniri o‘yinlariga taklif etilgan futbolchilar ro‘yxatidan Jezusni chiqarib tashlashga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga hujumda Neymarga yordam berish uchun “Gerta” vakili Mateus Kunya taklif etildi.
Fikrlar