“Siti”da pishgan futbolchiga xaridor chiqdi
“Manchester Siti”ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda esa Londonning “Fulxem” klubi sharafini himoya qilayotgan Oskar Bobb faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Retesport nashrining xabar berishicha, 23 yoshli norvegiyalik yarim himoyachiga Italiya poytaxtining “Roma” klubi qiziqish bildirmoqda.
Rimliklar Krisensio Sammervill transferi amalga oshmaganidan so‘ng Bobbga e’tibor qaratgan. Niderlandiyalik futbolchi katta daromad maqsadida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga o‘tishni ma’qul ko‘rgan.
Oskar joriy yil yanvar oyidan beri “Fulxem” safida o‘ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2031 yil o‘rtasigacha mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati 28 million yevroga baholanmoqda.
O‘tgan Angliya Premyer-ligasi mavsumida u “Fulxem” safida 14 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Fikrlar