“Siti”dan ketgan yulduzni chempion jamoa chaqiryapti
Angliyaning amaldagi chempioni – Londonning “Arsenal” klubi Vilyam Salibaning jiddiy jarohatidan so‘ng markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish variantlarini o‘rganmoqda.
Fransiyalik himoyachi belidagi jarohat tufayli kelasi mavsumning birinchi yarmini to‘liq o‘tkazib yuborishi mumkin.
The Sun Football nashrining xabar berishicha, “to‘pchilar” erkin agent maqomini olgan angliyalik markaziy himoyachi Jon Stounzga qiziqish bildirmoqda. “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi tugagan 32 yoshli Stoun endi chempion jamoada Salibaning o‘rnini bosishi mumkin.
Stounz o‘n yil davomida “shaharliklar” safida to‘p surib, shu vaqt ichida olti marta Angliya Premier-ligasi chempioni bo‘lgan. Angliyalik himoyachining shartnomasi iyul oyi boshida yakunlangan.
Tajriba markaziy himoyachiga Italiyanning “Inter” va “Yuventus” klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar