
“Siti”ga yana yangi himoyachi keladi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yangi mavsum oldidan jamoaning o‘ng qanot himoyasiga ham yangi ijrochi olib kelishga qaror qildi.
“Shaharliklar” nishoniga “Flamengo”ning 21 yoshli futbolchisi Uesli Fransa tushdi. Taniqli jurnaoist Pablo Oliveyraning ma’lum qilishicha, manchesterliklar braziliyalik futbolchi transferi bo‘yicha “Flamengo” bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Braziliya klubi 2028 yilning oxirigacha davom etadigan shartnomaga ega bo‘lgan o‘z tarbiyalanuvchisi uchun 45 million evro talab qilmoqda.
Iste’dodli himoyachi joriy mavsum barcha turnilarda 19 ta uchrashuv o‘tkazib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, bitta gol va ikkita assist muallifi ham bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, “Manchester Siti” bosh murabbiyi himoya chizig‘ining qolgan barcha nuqtalariga yangi ijrochilar tayyorlab qo‘ygan. Xususan, mudofaa markaziga Vitor Reys va Abduqodir Husanov bor. Chap qanotni Niko O’Rayli o‘ziniki qilib oldi. Hozircha, birgina o‘ng qanotga yangi o‘yinchi kerak. Agar “Manchester Siti” Uesli Fransani qo‘lga kiritsa, bu pozitsiya ham yosh o‘yinchi bilan to‘ladi.
Fikrlar