"Siti"ning yosh futbolchisini "Barselona"ga taklif qilishdi

  • 28 yanvar, 15:40
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" hujumchisi Jeremi Dokuning vakillari o‘z mijozini "Barselona"ga taklif qildi. Bu haqda "SPORT" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Bu holatga vingerning Manchester klubida kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘la boshlagani asosiy sababdir. Ta’kidlanishicha, Dokuning raqiblarni aldab o‘tish qobiliyati "Barselona"ning chap qanot hujumini kuchaytirishi mumkin.

Biroq, Kataloniya klubidagi moliyaviy muammolar futbolchining kelishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Doku 2023 yil avgustida "Renn"dan "Manchester Siti"ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yil iyunigacha amal qiladi. Joriy mavsumda 22 yoshli chap qanot hujumchisi barcha musobaqalarda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 60 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!