Skaloni: "Messi va Ronaldu – har davrning ustunlari bo‘lishsa-da, men baribir Leoni tanlayman"

  • 14 may, 15:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasida o‘z tanlovini amalga oshirib, ularni ta’riflab o‘tdi:

"Agar men tanlashim kerak bo‘lganida, Leoni tanlardim, chunki uni ko‘rib, qanday futbolchi ekanini bilaman. Bugun ularni taqqoslash befoyda — ulardan zavq olish kerak. Ishonch bilan ayta olamanki, har ikkisi ham 70-yillardan to bugungi kungacha har qanday davrda o‘ynay olardi. Chunki haqiqiy mahorat har qanday zamonda namoyon bo‘ladi.

Ikkalasi ham futbol daholari. Har xil xarakteri bor, lekin ikkalasi ham etakchi – har biri o‘z uslubida. Leo buni boshqacha ko‘rsatadi. Masalan, 2021 yilgi Amerika kubogida Kolumbiyaga qarshi o‘yinda u mushak og‘rig‘i bilan o‘yin oldidan sog‘liq muammosi bo‘lsa-da, shifokorning massajidan keyin maydonga chiqdi va barchasini unutib, o‘zini to‘liq o‘yinga bag‘ishladi" – dedi argentinalik mutaxassis.

Shuningdek, u 1993 yilda Diego Maradona "Nyuells Old Boyz"ga o‘tganini esladi:

"Biz – quyi qatlam bolalari, uni kutib olish uchun bayroq ko‘tardik. Hatto u bilan tushgan suratim ham bor. U mashq qilganida butun Belya-Vista hududi to‘xtab qolardi. Barcha uni tomosha qilish uchun to‘planardi. U nafaqat klub, balki biz uchun ham unutilmas iz qoldirdi" - deya qo‘shimcha qildi Argentina terma jamoasining bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!