Sky Sport Italia: "Napoli" yaqin soatlar ichida Xamesning transferini e’lon qiladi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini "Napoli"da davom ettiradi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra neapolliklar 27 yoshli kolumbiyalik futbolchining transferini bugun rasman e’lon qilishlari mumkin. A Seriya klubi Xamesni keyinchalik 35 mln evroga sotib olish huquqi bilan 2020 yilning yoziga qadar ijaraga oladi. Uning o‘ziga esa yiliga 5 mln evro maosh to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, Xames so‘nggi ikki mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazdi. U yakunlangan mavsum 28ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar