Slot Alissonning "Yuventus"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot darvozabon Alisson Bekerning "Yuventus"ga ehtimoliy transferi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.
Italiya matbuoti va bir qator insayderlar so‘nggi kunlarda braziliyalik posbonning turinliklar bilan muzokara olib borayotgani haqida yozmoqda. Biroq Slot bu gaplarga jiddiy e’tibor qaratmayotganini ta’kidladi.
"Men faqat yaqin istiqbolga — uni tezroq darvozaga qaytarishga e’tibor qaratganman. U haqida, men haqida va boshqalar haqidagi bunday gap-so‘zlarni muhokama qilmaymiz. Faqat zarurat bo‘lganda faktlarga murojaat qilamiz, hozir esa bunday holat emas", — dedi Slot.
Alissonning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. 33 yoshli darvozabon joriy mavsumda 34 ta o‘yinda qatnashib, 13 bor o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va 36 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar