
Slot mag‘lubiyatning asosiy sababi haqida gapirdi!
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar ligasidan PSJga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etganidan so‘ng o‘z fikr bildirdi:
"Bu men ishtirok etgan eng yaxshi futbol o‘yini edi. Ayniqsa, o‘tgan haftadagi o‘yinni hisobga olsak. Biz yaxshi imkoniyatlar yaratdik, lekin kutilmaganda gol o‘tkazib yubordik. O‘tgan haftadan keyin omad bizdan yuz o‘girdi.
Shunday tuyuldiki, biz 0:1 dan ko‘proq narsaga loyiq edik. Mukammal o‘yin o‘tkazdik, faqat gol ura olmadik. Huddi, PSJ o‘tgan haftada mukammal o‘yin namoyish etgani kabi.
Qo‘shimcha daqiqalarda raqib biroz yaxshiroq harakat qildi. Hammasi penaltilarga bog‘liq bo‘ldi. Hozir barcha tushkunlikka tushgan. Ammo men bu futbolchilarni bilaman – ular chidamlidir.
Bu o‘yinda futbol muxlislari istagan barcha narsa bor edi. 90 daqiqadan keyin kamida durangga erishishimiz mumkin edi" – dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, mersesaydliklar dastlabki bahsda PSJ ustidan 1:0 hisobida zafar quchgan edi. Kechagi uchrashuvning asosiy vaqtida 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrab turib, penaltilar seriyasi 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar