Slot uchun muhim kunlar! Murabbiyga berilgan imkoniyatlar tugab bormoqda...
Mavsumni ketma-ket g‘alabalar bilan boshlagan "Liverpul" so‘nggi 14 ta o‘yinda 3 ta g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, bir durang va 10 marotaba mag‘lubiyatga uchragan jamoa APL turnir jadvalida 8-o‘ringa joylashgan. Shu vaqtgacha Arne Slot atrofida chiqqan xabarlarda rahbariyat murabbiyga ishonch bildirayotgani ma’lum qilinib kelindi. Ammo sabrning ham yakuni bo‘ladi.
O‘tgan haftada klub vakillari va Slot o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. "Liverpul" Premer-liganing 14-turida "Sanderlend" bilan durang o‘ynadi. Agarda jamoa "Lids"ga qarshi uchrashuvda ham g‘alaba qozona olmasa, navbatdagi favqulotda yig‘ilish o‘tkaziladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Slotning taktikani o‘zgartirib turishi va aniqlik yo‘qligi katta futbolchilarga yoqmayapti. Muxlislarning toboro jahli chiqmoqda va klubdagi bosim kuchayib boryapti. Slot uchun keyingi kunlar juda muhim bo‘lib qolmoqda, deya xabar bermoqda "indykaila News" nashri.

Fikrlar