
Sneyder mashg‘ulotlarni boshlab yubordi
Gollandiyalik mashhur yarim himoyachi Uesli Sneyder tez orada yana katta futbolga qaytmoqchi.
RTV Utrect tarqatgan xabarga qaraganda, 36 yoshli futbolchi sport formasini tiklash maqsadida 5-divizion klublaridan birida shug‘ullanishni boshlab yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Sneyder o‘zi tug‘ilgan Utrext shahrining “Utrext” klubi safiga qo‘shilishi haqida turli xabarlar tarqalgan edi.
Sneyderning so‘nggi jamoasi Qatarning “Al-Garafa” klubi bo‘lgan. U 2019 yilda faoliyatini yakunlagan edi.
Fikrlar