Sobiq futbolchi "Real" hujumchisini "Arsenal"da ko‘rishni istamoqda

  • 04.05.2026 19:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyalik sobiq futbolchi Emmanuèl Peti "Lion"da ijara asosida to‘p surayotgan Endrik o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

19 yoshli hujumchi yanvar oyida o‘yin amaliyoti olish maqsadida Fransiyaga yo‘l olgan va hozircha juda yaxshi taassurot qoldirmoqda. Uning "Real"ga qaytgach asosiy tarkibdan joy olishi-olmasligi esa hozircha nomaʼlum.

"Endrik juda iqtidorli, lekin baʼzida u huddi yovvoyi otdek boshqarib bo‘lmaydi. Ayrim paytlarda maydonda haddan tashqari hudbinlik qiladi, ammo uning ulkan salohiyati aniq ko‘rinib turibdi. Bu yigit — haqiqiy brilliant, unga to‘g‘ri muhit kerak. Uning sifatlarini hisobga olgan holda, men uni "Arsenal"da ko‘rishni istardim", — dedi Peti.

Maʼlumot uchun, Endrik "Lion" safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!