Sobiq hakam: Fitna nazariyalariga ishonmayman, lekin kadrlarni ko‘rsatishsa, yaxshi bo‘lardi

  • 13 mart, 12:27
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Itturalde penaltilar seriyasida Xulian Alvaresning to‘pga ikki marotaba tekkani borasida fikr bildirdi. 

Madridning "Real" klubi hamshaharini penaltilar seriyasiga ko‘ra (1/8 final, birinchi o‘yinda 2:1, ikkinchi bahsda 0:1) musobaqadan chiqarib yubordi. 

"Atletiko" hujumchisi "Real"ga qarshi bahsda penaltilar seriyasi payti zarba yo‘llashidan oldin biroz sirpanib ketdi va ikki oyog‘i bilan to‘pga tegdi, deb baholandi. Gol bo‘lganiga qaramay, VAR vaziyatni muhokama qilgan va hakam Shimon Martsinyak golni inobatga olmadi. 

"VAR xonasida suratni kattalashtirish imkoni bor. Men fitna nazariyalariga ishonmayman. U to‘pga ikki marta tegib qo‘ygan bo‘lsa kerak, lekin kadrlarni ko‘rsatishsa, ajoyib ish bo‘lardi", - dedi sobiq hakam Eduardo Itturalde Gonsales. 


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!