Sobiq "Neftchi" murabbiyi O'zbekistonning Portugaliyadan yirik mag'lubiyatini tahlil qildi

  • 04.07.2026 06:39
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Murabbiy Vitaliy Levchenko Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Portugaliyaga qarshi 0:5 hisobidagi magʻlubiyati haqida fikr bildirdi.

"Ha, beshta gol juda koʻp. Portugaliya har bir xatoni jazoladi, chiziqlar orasidagi boʻshliqlardan foydalandi va hujumda muntazam son jihatidan ustunlikka ega boʻldi.

Asosiy muammo hisobda emas. Muammo shundaki, Portugaliya juda oson golli vaziyatlar yaratdi. Ular darvozaga yetib kelish uchun katta kuch sarflashiga ham hojat qolmadi", —
dedi Levchenko.

Eslatib oʻtamiz, mazkur uchrashuvda Krishtianu Ronalduni dubl qayd etgan, shuningdek Nunu Mendes va Rafael Leau bitta­dan gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!